Verratti: Ibragimovich jamoadoshlariga yetakchi bo'lishni o'rgatadi

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2017, 19:40
PSJ futbolchisi Marko Verratti sobiq jamoadoshi Zlatan Ibragimovich haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.

"Zlatanning PSJdan ketganidan so'ng jamoada yetakchi qolmagani haqida gap-so'zlar eshitdim. Aksincha, Zlatan bizga yetakchilikni o'rgatib ketdi. U sheriklarini yanada kuchaytira oladigan futbolchi.

U huddi 18 yoshli futbolchidek mashg'ulot o'tkazishi meni hayron qoldirardi. Uning mashg'ulotlarini ko'rib, yanada ko'proq shug'ullanish kerak bo'lardi. Zlatan PSJga g'oliblik ruhini olib kelgan", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com