

"Emeri bilan keyingi kun suhbatlashdik va bu mish-mishlar qayerdan paydo bo'lganini tushunmadik. Maydonni tark etayotganimda Unaiga quyidagi so'zlarni aytdim: "Murabbiy, men bilan hammasi joyida, o'zgarish kerak emasdi". U esa o'zi istagan futbolni ko'rsatmaganimni gapirdi. Murabbiy haq edi. Xatto mashg'ulotda ham og'riq menga halaqit berayotganini aytmayman. Chunki o'ynashni istayman. Jurnalistlar yo'q joydan mish-mish tarqatishlarini yomon ko'raman. Ularning ishini hurmat qilaman va tanqidlarni to'g'ri qabul qilaman, ammo noto'g'ri ma'lumotlarni o'qish yoqimsiz" - deydi Verratti.



