Verner Xaykensning rekordini takrorladi

28 iyun 2020, 08:44
“RB Leyptsig” jamoasi forvardi Timo Verner Bundesliganing navbatdagi turida safarda “Augsburg” darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi.

Bu bilan hujumchi safar o'yinlarida jamoasi raqiblari darvozasini 17 marta ishg'ol etib, “Borussiya” (Myunxengladbax) jamoasining sobiq hujumchisi Yupp Xaykens tomonidan 1973/74 yilgi mavsumda o'rnatilgan rekordni takrorladi.

Verner yangi mavsumdan boshlab “Chelsi” sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote