Verner noyabr oyidan buyon ilk marotaba Chempionlar ligasida gol urdi - bo'sh darvozaga

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2021, 07:48
"Chelsi" YCHL yarim finali doirasida "Real"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi birinchi golga hujumchi Timo Verner mualliflik qildi. Xavertcning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tugdi va Verner ushbu vaziyatda bo'sh qolgan darvozaga boshi bilan zarba berdi va hisobni ochdi.

Bu germaniyalik futbolchi uchun "Chelsi" safida YCHLdagi to'rtinchi gol bo'ldi. Uning turnirdagi 7 ta o'yindan iborat golsiz seriyasi yakuniga etdi. Verner so'nggi marotaba 4 noyabr kuni "Renn" jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta