Verner A Seriya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
6 apr 2022
"Chelsi" hujumchisi Timo Verner "Yuventus" va "Milan"ga taklif etildi.

26 yoshli o'yinchining agenti Folker Shtrut hafta boshida yozgi transfer oynasidagi ehtimoliy xaridorlarni bilish uchun Italiyaga bordi. Shtrut shuningdek "Atalanta" vakillari bilan ham gaplashdi, Verner esa "Chelsi"dan kyetishga qarshi emas.

Forvardning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Verner joriy mavsum "Chelsi" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk