Vensan Kompani shanba kuni mashg'ulotlarga qo'shiladi

Aziz Tukhtamuradov
20 iyun 2014, 21:26
Oyog'idan jarohat olgan belgiyalik futbolchi Vensan Kompani umumiy guruhda shug'ullanishni ertaga boshlaydi.
So'nggi ikki kun ichida Kompani yakka tartibda, shifokorlar nazorati ostida shug'ullandi. Umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni esa shanba kuni o'tkazadi.
Shifokorlar Kompanini tiklanishi uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilmoqda. Hozircha hech narsa aniq emas.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net