Venger: "Ozil "Arsenal"da qolishiga ishonaman" (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
17 dek 2017, 16:49
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Mesut Ozilning jamoada qolishiga ishonadi.

"Ozil "Nyukasl"ga juda chiroyli gol urdi. U tavakkal qilishga uringani men uchun juda muhim, chunki Mesut odatda to'p nazorati va uzatmalar uchun javob beradi. Ammo "Nyukasl" bilan o'yinda u masuliyatni o'ziga olib, muhim golni urdi.

Ozilning kelajagi? U "Arsenal"da qolishiga ishonaman" - deydi Venger.

Ozil va "Arsenal" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Mesut Ozilning "Nyukasl"ga urgan golini ko'chirib oling.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportsmole