Venger: “Messi tufayli Grizmann o'zini ko'rsatolmayapti”

Eldor Akmurzayev
21 okt 2020, 22:55
“Arsenal” sobiq ustozi Arsen Venger hamyurti Antuan Grizmanning “Barselona”dagi muammolari haqida fikr bildirdi.

“Noto'g'ri poziciyada uzoq vaqt o'ynash juda qiyin. Avvalida futbolchi bu faktni qabul qiladi, ammo rivojlanish bo'lmaganidan keyin unda ishtiyoq so'nishni boshlaydi.

Grizmann uchun ideal poziciya bu – markaziy forvard. U yerda paslar berib, o'zi gol ham urishi mumkin. Biroq, hozir u yerda o'ynamaydi, chunki bu poziciyani Messi egallab turibdi. Shu sababli u o'zini ko'rsatolmayapti”, deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: beIN Sports