Venger: "Jamoam eng yuqori darajada o'ynashini istayman, bu daraja - Chempionlar ligasi"

Aslanov Jasurbek
9 may 2017, 14:16
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Sautgempton"ga qarshi qoldirilgan 26-tur uchrashuvidan oldin chempionatni Chempionlar ligasi hududida yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

"Jamoam doimo yuqori darajada o'ynashini istayman. Yuqori daraja - bu Chempionlar ligasi. Biz kuchlilarga qarshi harakat qilmoqchimiz. Kuchli to'rtlikka kira olmasak, bu transfer kampaniyamizga ta’sir qilishi mumkin. Moliyaviy holatimiz juda yaxshi.

"Arsenal" manbalarimizdan unumliroq foydalanishni istaymiz. Chorshanba, yakshanba va seshanba kunlari o'ynaymiz. Har birimiz jamoaga foyda keltirishimiz shart" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror