Venger: "Arsenal"ni MYUga qarshi katta bahs kutib turibdi, ammo Chempionlar ligasidan oldin ekanligi yomon"

Aslanov Jasurbek
9 mar 2015, 17:43
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya Kubogi chorak final uchrashuvi oldidan, bu bahs haqida o'z fikrini bildirdi.

Uchrashuv 9 mart kuni "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi.

"Bu katta bahs bo'ladi. Bunday uchrashuvlardagi har qanday g'alaba o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni oshiradi. O'tgan mavsumda Angliya Kubogidagi g'alabamiz bizga katta yordam berdi. Barcha bu o'yinda g'alaba uchun maydonga tushadi.

Angliya Kubogi uchrashuvlari Chempionlar ligasidan oldin qo'yilgan, bu har yili takrorlanadi. Qaysidir uchrashuvni qurbon qilishimiz kerak" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com