Vaydenfeller: "Xoland - "Borussiya"ning kelajagi"

Alisher
3 fev 2020, 16:46
"Borussiya" (Dortmund) sobiq darvozaboni Roman Vaydenfeller jamoaning yangi a'zosi Erling Xoland haqida gapirdi.

Norvegiyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibidagi 3ta o'yinda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Erling ajoyib ishni amalga oshirdi. U hatto dastlabki ikki o'yinni to'liq o'tkazmadi ham, ammo shuncha gol urdi! Bu ajoyib! U juda yosh o'yinchi.

Xoland juda kuchli, baland va maydonni ajoyib tarzda ko'ra oladi. Erling - "Borussiya"ning kelajagi", - deydi Vaydenfeller.

Eslatib o'tamiz, Erling Xoland "Borussiya"ga qishda "Zalcburg"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal