Varan "Real" bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2021, 21:33
Fransiyalik himoyachi Rafael Varan "Real"ni tark etmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma tuzishni istamadi, uning amaldagi kelishuvi bir yildan keyin nihoyasiga etadi. 

Shunday qilib, "Real" uni yozgi transfer oynasida sotadi. Varan uchun asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi, mankunianlar o'yinchi uchun 45 million evro taklif qilishgan, ammo madridliklar 60 million so'rashmoqda.

Aytilishicha, Varan MYU bilan yillik maoshi 12 million evrolik kelishuvga erishib bo'lgan. "Real" esa unga yiliga 7 million bermoqchi edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic