Van Gal JCH rekordlaridan birini takrorladi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2022
JCH-2022 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasi Ekvador bilan durang o'ynadi (1:1).

Niderlandiyaliklar ustozi Lui van Gal bosh murabbiy sifatida Jahon chempionatida 9 ta o'yin o'tkazdi va ulardan birortasida mag'lubiyatga uchramadi.

Tajribali mutaxassis 6 ta uchrashuvda g'alaba qozongan, yana 3 ta o'yin durang bilan yakunlangan (qo'shimcha taymlardan tashqari).

Van Gal bu natija orqali Vittorio Pocco tomonidan 1934-1938 yillar oralig'ida Italiya termasi bilan o'rnatilgan mundial rekordini takrorladi – 8 g'alaba va 1 durang.

Niderlandiya 29 noyabr kuni guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Stadium Astro