Van Gal: "Agar Runini hujumga qo'ysam, yarim himoyada muammolar paydo bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2015, 17:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa hujumchisi Ueyn Runining maydondagi joyi borasida izoh berdi.

Runi van Gal qo'l ostida yarim himoyada harakat qilmoqda.

"Runi kechagi o'yinda sovuqqonlik ko'rsatgan futbolchilardan biri edi. Uning maydondagi joyiga keladigan bo'lsak, bu haqida mendan xar hafta so'rashingiz mumkin, ammo qarorni men qabul qilaman. Men doimo uni van Persi, Falkao, Uilsonlar bilan solishtiraman, ularning barchasi men uchun hujumchi. Kamina jamoada muvozanatni ushlab qolmoqchi.

Runi ayni damda yarim himoyada yaxshiroq ko'rinyapti. U balki hujumda yanada yaxshiroq o'ynashi mumkindir, ammo shunday qilsak, yarim himoyada muammolar paydo bo'ladi" - deydi van Gal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com