

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jamoasining Yevropa Ligasidagi maqsadini aytdi.
"Hammamiz Chempionlar Ligasiga chiqishni xohladik, ammo bunga loyiq emasdik. Yevropa Ligasida o'ynashga loyiqmiz va unda g'alaba qozonish uchun hamma narsani qilamiz. Biz Yevropa Ligasida zafar quchmoqchimiz.
Buning uchun ishlashimiz kerak va ish hozirdanoq boshlanadi. Har bir turnirdagi har bir o'yin qiyin bo'ladi. Biz yaxshi ko'rinmoqdamiz, ammo hozir endigina sentyabr", – dedi futbolchi.
"Liverpul" Yevropa Ligasidagi ilk o'yinini 21 sentyabr kuni mehmonda LASKga qarshi o'tkazadi.



