Valverde: “VARning qaroriga qo'shilmayman. Bu chetlatish emasdi”

24 sen 2018, 07:20
“Barselona” bosh murabbiyi “Jirona”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Chetlatish o'yinga ta’sir qildi. Biz ungacha o'yinni nazorat qilayotgan edik. Keyin esa raqib hisobni tenglashtirdi, hisobda oldinga o'tib oldi. Biz esa hisobni tenglashtirish uchun o'ynashimizga to'g'ri keldi. Men videotakrorni ko'rmadim, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Men VARning qaroriga qo'shilmayman. To'g'ri, to'qnashuv bo'lgandi. Ammo tajovuzkorlik yo'q edi. Bu chetlatish emasdi. Umtitini boshidan maydonga tushirmaganimga afsusdaman, biroq biz o'yinni nazorat qildik. “Jirona”ning gollari esa yo'q joydan keldi”,-dedi Valverde.


Manba: AS