Valverde: "Sodir bo'lgan voqeada mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman"

Aslanov Jasurbek
8 may 2019, 12:03
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi yarim final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Bu shaxsan menga qanday ta’sir ko'rsatishini bilmayman, ammo murabbiy sifatida sodir bo'lgan voqea uchun mas'uliyatni bo'ynimga olaman. Hozir qiyin ahvoldamiz" - deydi Valverde.

Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou"da bo'lgan bahsda "Barselona" 3:0 hisobida g'alabaga erishgan edi. Shunday qilib, Yurgen Klopp shogirdlari 1 iyun kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'ladigan finalga yo'l olishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC