Valverde: "Real" odatda "Kamp Nou"da kuchli o'ynaydi"

5 fev 2019, 22:59
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya Kubogi yarim final bosqichida "Real"ga qarshi bellashuvlardan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Messi bilan va u siz ham biz o'z uslubimizni o'zgartirmaymiz. "Barselona" oldiga g'alaba qozonish, yetakchilik qilish va gollar urishni maqsad qilib qo'yadi. Ikkita bo'lib o'tadigan klasiko, bu jiddiy raqib bilan asosiy o'yinlar hisoblanadi. "Real"da finalga chiqish uchun ko'proq turtki, motivaciya bor. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda kayfiyat juda muhim. "Real" odatda "Kamp Nou"da kuchli o'yin ko'rsatadi. LaLigada yaxshiroq o'yin namoyish etmoqdamiz. Raqibning hozirgi ahvolini juda yaxshi deb bo'lmaydi. Lekin, bizni "Real"ning eng yaxshi versiyasi kutmoqda", – dedi Valverde.

Ispaniya Kubogi yarim finali bosqichidagi "Barselona" - "Real" uchrashuvi 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo