Valverde: "Balki Suares bilar, lekin bundan xabarim yo'q"

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 14:53
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Luis Suaresning intervyusi borasida izoh berishiga to'g'ri keldi.

Urugvaylik forvard OAV vakili bilan suhbatda Grizmann Kataloniya klubiga o'tishi haqida ishonch bilan gapirdi va ko'pchilikni o'ylantirib qo'ydi. Valverde esa hech qanday kelishuv yo'qligini aytdi.

"Luis Suares Grizmann bizga o'tishi mumkin degan manoda aytgan. Voqealar qanday rivoj olishini hech kim bilmaydi. Hozir biz bilan ko'plab futbolchilarni bog'lashmoqda.

Grizmann "Atletiko" futbolchisi va kelajakda u qayerda bo'lishini bilmayman. Balki Luis Suares bilar? Bundan xabarim yo'q.

Ushbu transfer haqida gapirishni istamayman, ammo sizlar doimo buni qayta-qayta so'raysiz. U boshqa jamoada. Kelajakdan xabarimiz yo'q" - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo