"Valensiya"dagi ikki odamda koronavirus aniqlandi

Alisher
11 avg 2020, 14:17
"Valensiya"da yana koronavirus bilan bog'liq muammolar kuzatilmoqda.

Klub ikki odamning koronavirusga chalinganini e'lon qildi, ammo ular o'yinchilar yoki xodimlardan ekanlingiga haqida ma'lumot berilmagan. Xabar berilishicha, birinchi jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va jamoa bilan bevosita bog'liq bo'lgan xodimlar muntazam ravishdan testdan o'tishadi.

Xavfsizlik protokollariga binoan ular o'zlarini izolyaciya qilishgan va ular to'g'risidagi ma'lumot sog'liqni saqlash organlariga berilgan.

Qayd etish kerakki, "Valensiya" pandemiya boshlanganda xodimlar va o'yinchilar kasallangan ilk klublardan biri bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: valenciacf.com