"Valensiya" yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
14 fev 2023, 19:58
Ruben Baraxa "Valensiya"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Hozircha mutaxassis va klub o'rtasidagi hamkorlik shartnomasi qancha muddat davom etishi aniq yozilgani yo'q.

Baraxa 2000-2010 yillar davomida "Valensiya" tarkibida to'p tepgan va 2002 hamda 2004 yillarda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan.

Endi u jamoani quyi ligaga tushib ketishini oldini olishi kerak. Ayni damda jamoa 18-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal