"Valensiya" sardori: "Yuventus" Ronaldusiz oxirgi 4 yilda ikki bor YCHL finaliga chiqdi"

Tolibjon Qosimov
20 sen 2018, 13:59
"Valensiya" yarim himoyachisi va sardori Dani Parexo "Yuventus" Krishtianu Ronaldusiz ham kuchli ekanligini aytib o'tdi.

Chempionlar ligasi 1-turida "Yuventus" safarda "Valensiya"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Vaholanki, birinchi bo'limda Krishtianu Ronaldu maydondan chetlatilgan edi.

"Ronaldu oxirgi yillarda ajoyib harakat qildi. Unda hayron qoldiruvchi ko'rsatkichlar. Lekin, "Yuventus" shundoq ham yaxshi jamoa. Ehtimol turinliklar tarkibida anchadan beri jahon darajasidagi o'yinchi bo'lmagandir, lekin oxirgi 4 yilda ular ikki bor YCHL finalida o'ynashdi", - deya Parexoning so'zlarini keltirdi "A Bola" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola