"Valensiya" qishda Xuan Matani qaytarmoqchi

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 18:41
"Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Mata yanvar oyida "Valensiya"ga qaytishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, Ispaniya klubi Joze Mourinyo davrida maydonga deyarli tushmayotgan yarim himoyachini qaytarmoqchi.

Ushbu vaziyatni "Arsenal", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Real" klublari ham kuzatishmoqda. "Valensiya" futbolchi uchun 25 million funt taklif qilmoqchi.

Agar "Chelsi" futbolchini sotishni istamasa "Valensiya" Matani ijaraga ham olishga tayyor.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru