"Valensiya" 20 yoshli Gilyamon bilan shartnomani uzaytirdi. Himoyachining tovon puli - 80 mln evro

Alisher
23 iyul 2020, 10:44
Ugo joriy yilning fevral oyida "Valensiya"da debyut qilgan edi.

"Valensiya" va markaziy himoyachi Ugo Gilyamon shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi.

"Ko'rshapalaklar"ning 20 yoshli Gilyamon bilan tuzgan yangi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining tovon puli esa 80 million evroni tashkil etadi.

Futbolchi joriy mavsum "Valensiya"ning asosiy jamoasida 6ta o'yinda maydonga tushdi. Gilyamon o'tgan yili Ispaniyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioniga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/valenciacf_en