Valdes: “Bartra ko'p yillar “Barselona”ning markaziy himoyachisi bo'lib qoladi”

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 15:39
“Barselona” klubi darvozaboni Viktor Valdes, klub himoyachisi Mark Bartraning o'yinini maqtovga loyiq deb topdi.

“Bartra “Seltik”ka qarshi juda yaxshi o'ynadi. U raqibini qanday ushlashni va pressing qo'llashni yaxshi biladi. Bundan tashqari Mark hujumga ham yaxshi kirishib ketadi. “Bartra ko'p yillar “Barselona”ning markaziy himoyachisi bo'lib qoladi”, - deya ta'kidladi Valdes.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com