Vadim Abramov: "Shomurodovni "Real" yoki "Barselona"da ko'rishimiz mumkin"

Narzulla Saydullayev
20 avg 2021, 14:54
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor Shomurodovning "Roma"dagi kelajagi borasida intervyu berdi.

"Shomurodovning "Roma"ga o'tganidan xayron qolmadim, sababi u "Jenoa"dek klubda gollar urdi. Terma jamoa ustozi sifatida Genuya klubi o'yinlarini tomosha qildim va xayron qoldim. Bu qanchalik kuchsiz jamoa ekanini his qildim. Eldor esa o'sha yerda o'zini ko'rsata oldi - molodec. Bu qiyin edi. Hamma ham "Jenoa"da o'zini ko'rsata olmaydi.

Hujumchi baribir boshqa futbolchilarga bog'liq. Zarba beradigan nuqtaga olib chiqishmasa gol bo'lmaydi. "Roma"da esa gollar urish oson bo'ladi. Ronalduni "Jenoa"ga olib keling - "Yuventus"dagi gollari sonini takrorlay olmaydi.

Shomurodovning ketma-ket gollar urayotgani Mourinyoni e'tiborini tortishi aniq. Ammo gol uraversang ham tarkibga kirmasliging mumkin. Sababi o'zi uchun nom qozonib bo'lganlar mavjud. Jeko yoki Jiruga adaptaciyaga vaqt bergan bo'lishardi. Eldordan esa Mourinyo darhol natija kutadi. Bunday raqobatda yutib chiqishi faqat Eldorning o'ziga bog'liq. Buning uchun imkoniyatlari etarli.

Shomurodovda "Roma"dan ham kuchli klubda o'ynab ketish salohiyati bor. Eldor hech kimdan kam emas. Agar unga vaziyatlar yaratib berishda muammo bo'lmasa, Shomurodovni "Real" va "Barselona" kabi klublardan ham ko'rishimiz mumkin. Hozir bu fantastik ko'rinishi mumkin, ammo amalga oshishi mumkin bo'lgan voqea, - deydi Abramov VsyoProSport korrespondentiga.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia