Useyn Bolt Messi va Ronaldudan birini tanladi

Eldor Akmurzayev
7 apr 2021, 19:45
Yamaykalik taniqli sprinter Useyn Boltdan “Barselona” sardori Lionel Messi yoki “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldudan birini tanlashni so'rashdi.

“Bunday savollarga javob berishga qiynalaman, chunki Argentina TJga muxlislik qilaman, ammo shu bilan birga Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisiman. Mankunianliklarga muxlis bo'lganim uchun, unga MYUda o'ynaganidan beri qoyil qolaman.

O'ylashimcha, Ronalduda Messidan ko'ra ko'proq narsa bor, chunki u bir vaqtning o'zida bir nechta ligalarda o'z buyukligini isbotladi. Shu tufayli Ronalduni tanlayman. Shuningdek, Mbappe kabi istedodli yosh futbolchilar ham ko'p. Ularni kuzatish qiziq bo'ladi”, deydi Bolt.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport