Useyn Bolt Yamayka terma jamoasida o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 13:41
Yamayka terma jamoasi bosh murabbiyi Vinfrid Shefer engil atletika bo'yicha 6 karra olimpiada chempioni Useyn Boltni futbolga jalb qilmoqchi.
Bu faqat "Olimpiada-2016"dan keyin sodir bo'lishi mumkin.

"Bolt "Manchester Yunayted" safida hech bo'lmasa bitta o'yin o'tkazishni xohlaganidan xabarim bor. Ammo u yamaykalik, shu bois men unga o'z milliy terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun imkon yaratib bermoqchiman. Bolt havaskorlar orasida yomon futbol namoyish etmaydi, professionallar bilan va kuchli murabbiylar bilan ishlab yuqori darajali futbolchiga aylanishi mumkin. Useyn - dunyodagi eng tezkor odam, agar u to'p bilan shunday yugura olsa qarshi hujumlar qiroliga aylanadi. 2016 yilgi Olimpiadadan so'ng Bolt Yamayka terma jamoasida o'ynashini istayman", - deydi Shefer jamaica-gleaner.com nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net