"Uotford" ustozi Grasiya klub bilan shartnomani uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2018, 12:43
"Uotford" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xaver Grasiya ishidan mamnun.

Klub 48 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Tomonlar yangi 3 yillik bitimni imzolashga yaqin. Shartnomaning barcha shartlari kelishib olingan.

Amaldagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. "Uotford" 8ta turda 13 ochko to'plab, APL jadvalining 8-o'rnini band qilib turibdi.

Oldinroq, Grasiya APLning avgustdagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph