

“Beshiktosh”da ijara asosida harakat qilayotgan “Liverpul” posboni Loris Karius faoliyatini yanada Germaniyada davom ettirishga yaqin. Futbolchini “Gerta” klubi o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. Ma'lum bo'lishicha, “Gerta” Karius transferini Mersisayd klubidan to'la sotib olish niyatida.
Avvalroq Kariusning “Beshiktosh”dan ketishi ma'lum bo'lgani haqida xabar berilgandi.



