Umid Sharipov: “Spartak”ning birinchi ligada o'z maqsadi bor"

Narzulla Saydullayev
14 apr 2014, 21:43
Birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan "Sherdor" - "Spartak" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Umid Sharipov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yinni biz nazorat qildik, hujumlar tashkil qilishda, xavfli vaziyatlar yaratish borasida, to'pni nazorat qilishda ham biz har jabhada ustunlik qildik, lekin afsus jamoamizdan omad yuz o'girdi. Xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadik, himoyadagi qo'pol xatoimiz o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi. Lekin bugun bolalar ajoyib o'yin ko'rsatishdi.

Bizning maqsadimiz bu yil kuchli sakkizlikka kirish emas balki, sovrinli o'rinlarni zabt etishdir. Hozirda jamoamizda yetakchi futbolchilarimizni jarohat olganligi bois biz asosan e'tiborni yoshlarga qaratmoqdamiz. Keyingi o'yinlarga ular ham jarohatidan forig' bo'lib maydonga tushishadi degan umiddaman.


Behbud Erkinov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia