Umid Ahmadjonov: “Klublarimiz direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi”

Narzulla Saydullayev
3 fev 2018, 21:31
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog'ida Angliya Futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Assotsiatsiya o'rtasida hamkorlik qilishga va o'zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuv asosida, O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u yerda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Takidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” “Buxoro” hamda “Bunyodkor” klublari mart oyida Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirishadi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u yerdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo'llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to'playdilar.

Takidlash lozim, O'zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaning “Arsenal” klubiga malaka oshirishga jo'natish uchun kelishuv amalga oshirilmoqda. Shuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol Assotsiatsiyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Bu kelishuvlar albatta, mamlakatimizda futbol infratuzilmasi rivojiga foyda keltirishini Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga ma'lum qildi: “Ma'lumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Shu bois, Londonga qilgan tashrif chog'ida kelgusida O'zbekistondagi klublar direktorlarini aynan Angliyaga malaka va tajriba oshirish uchun jo'natish borasida Angliya Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdik. Bu, hamkorlik asosida O'zbekistondagi klublar direktorlari dunyoning yetakchi futbol davlatlaridan birida to'plagan tajribasini mamlakatimizda qo'llashi va bu bilan O'zbekistonda futbol infratuzilmasi rivojiga hissa qo'shadilar deb, bemalol ayta olaman”.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com