Ulug'bek Baqoev Qozog'iston premer-ligasida 110-golini urdi

Narzulla Saydullayev
7 may 2014, 12:46
Irtishning 35 yoshli o'zbekistonlik hujumchisi Ulug'bek Baqoev Qozog'iston chempionatlarida 110-golini urdi.
Bu mavsumdagi 8ta o'yinda Baqoev uchta gol urdi va o'z gollari sonini 110taga etkazib oldi.

Qozog'istonda Ulug'bek Baqoev uchta klub safida gollar urgan. Tobol - 71ta gol (138 o'yin), Jetisu - 18ta gol (29 o'yin) va Irtish - 21ta gol (62 o'yin).

U Qozog'istonda umumiy to'purarlar safida 6-o'rinda bormoqda. Mutloq rekord Nurbol Jumaskalievga tegishli (152ta gol).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz