Ulug'bek Baqoev: "Neftchi" xavfli jamoa ekanligini bilardik"

13 apr 2018, 00:02
Superliga 6-tur doirasida bo'lib o'tgan Neftchi - Buxoro uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ulug'bek Baqoev: - Biz bugun xavfli jamoa bilan bahslashishimizni bilar edik. O'yin juda qiyin va shiddatli kechdi. Bunga hamma guvoh bo'ldi. Bugungi g'alaba bilan yigitlarni va muxlislarimizni tabriklayman hamda Neftchini keyingi o'yinlariga omad tilayman.

Salamat Qutiboev: - Ma'lumki, xozir ochko olishni o'zi qiyin bo'lyapti. Har bir o'yinga tushganimizda xuddi oxirgi o'yinga tushganday his qilib o'ynayapmiz. Shuning uchun bugun harakat qilib uch ochkoni qo'lga kiritdik. Biroq bugungi raqibimiz kuchli jamoa ekanligini bilardik. Ular ham bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. G'alaba oz qolgan edi. Menimcha har bir jamoa o'zini maydonida, muxlislar oldida jonini berib shijoat bilan o'ynaydi. Bugun ularga birozgina omad yetishmadi deb o'ylayman va keyingi uchrashuvlarda ularga omad tilayman.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бухоро” матбуот хизмати