

Birinchi taym biroz zerikarli o'tdi. Ikkinchi taymda jangovar o'yin bo'ldi va jangovar durang qayd etildi. Kubok bahslari boshlangani bilan tabriklayman. "Nasaf"ga omad tilayman, "So'g'diyona" oldidagi dastlabki vazifa guruhdan chiqish. Bir ochko bilan tabriklayman, bu hozircha boshlanishi.
Agar Kubok guruhlariga e'tibor qilsak qaysilaridadir 3tadan Pro liga klublari bor, qaysilaridadir 3tadan Superliga. Bizning guruh - "o'lim guruhi". Maqsadimiz guruhdan chiqish, har bir bahs qiziq o'tadi. Kubokda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan uchta klub bitta guruhdan joy oldi", - deydi Ulug'bek Baqoev.



