

- Bugungi uchrashuvning qanday kechganligini barcha guvohi bo'ldi. Shogirdlarim maydonda qo'llaridan kelgancha shaxd bilan o'ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Yigitlar ko'plab xavfli vaziyatlar uyushtirishdi. Lekin ulardan foydalanishda omad bizdan yuz o'girdi. Endi e'tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz, - deydi Ulug'bek Baqoev.



