"Ulsan" Ristichning jamoasini mag'lub etdi, Jeparov so'nggi daqiqalarda tushdi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2015, 13:16
Janubiy Koreya K-ligasida 31-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi o'z maydonida "Chunnam Dragons" klubini qabul qilib 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Mehmon jamoa safida "Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Stevica Ristich dublga erishganini ham takidlash lozim. Jeparov uchrashuvning oxirgi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi.

“Ulsan Xyunday” 36 ochko bilan 12 klub orasida 9-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o'yinni 23 sentyabr kuni "Incheon Yunayted"ga qarshi safarda o'tkazadi.

Janubiy Koreya. K-ligasi
"Ulsan Xyunday" - "Chunnam Dragons" 3:2
Gollar:
Kim Shin Vuk 25, 64, Masuda 54 - Stevica Ristich 5, 11

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia