Ukraina terma jamoasi qatorasiga 8 uchrashuvdan buyon mag'lubiyatga uchramayapti

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 19:02
Ukraina termasi ketma-ket 8 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Aleksandr Petrakov shogirdlari kecha JCH-2022 saralashi pley-offida Shotlandiyani mag'lub etishdi (3:1).

Oxirgi marta Ukraina terma jamoasi Evro-2020 chorak finalida Angliyaga mag'lub bo'lgan (0:4).

O'sha o'yindan keyin ukrainaliklar 3 g'alaba va 5 durang qayd etgan.

5 iyun kuni Ukraina JCH-2022da ishtirok etish huquqi uchun pley-off finalida Uels bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Dailysports.net