Uilyams MYU bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2020
Himoyachi Brendon Uilyams "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Shartnoma yaxshilangan holatda bir yilga uzaytirildi.

Uilyams MYU akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 19 yoshli fulbek 2019 yilning oktyabr oyida Yevropa ligasida debyut qilgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 1 gol va 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com