⚡️ Uilson Raj Perumal: "Surxon" - "Dinamo" uchrashuviga g'ayritabiiy katta miqdorda pul tikilgan"

Narzulla Saydullayev
8 noya 2022, 14:41
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (1:4) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Championat.asia saytining kelishilgan o'yinlar bo'yicha eksperti Uilson Raj Perumal mazkur bahs bo'yicha ma'lumot yubordi.

Perumalning ma'lumotiga ko'ra, "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvida 4tadan ko'p gol bo'lishi hamda "Dinamo"ning yutishiga -1,5 gandikap*ga g'ayritabiiy katta miqdorda pul tikilgan. 

* - Gandikap - umumiy natijada to'plar farqi.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda Superligadan tushib ketishi aniq bo'lib ulgurgan "Dinamo" ligada qolish uchun kurashayotgan "Surxon"ni 4:1 hisobida taslim qildi. Samarqand klubi shu kuni mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va bu yil ilk bor bitta o'yinda 4ta gol urishga erishdi.



Kelishilgan o'yinlar tizimi qanday ishlaydi? Undagi nayranglar. Maxaradze "Loko"da yolg'izmidi? Kelishilgan o'yinlar qiroli Raj Perumal bilan katta intervyu (to'liq)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia