
“Uigan” hujumchilari Grant Xolt va Mark-Antuan Fortyunelar jarohat olib safdan chiqqanliklari sababli klub yana bir hujumchiga muhtojlik sezib qolgan. Shu sababli jamoa bosh murabbiyi Ouen Koyl 28 yoshli Parkka qiziqmoqda.
Shu o'rinda o'tgan yili “Salta”da ijara asosida o'ynagan Parkning o'zi ham “Uigan”ga o'tishga qarshi emas. Biroq “Uigan” futbolchini Yevropa ligasida ishtirok etishi mumkin bo'lgan o'yinchilar ro'yxatiga kirita olmaydi.