
Albatta, xato qilishim mumkin. Ayniqsa, Karlo Anchelottining Realidan-da taxminlarni yo'qqa chiqara oladigan kuchliroq klub yo'q. Ammo o'ylaymanki, hozirgi Siti - umuman boshqa darajada.
Pep Gvardiola bu safar Siti bilan nihoyat Yevropani zabt eta olishini his qilyapman. Bu jamoaning so'nggi o'yinlardagi natijasi – taxminim o'zini oqlashini ko'rsatayotgandek. Siti aqlbovar qilmas o'yinlar namoyish etmoqda.
Bir yil avval Real Sitini turnirdan chiqarib yuborgan edi. Ammo hozirda barchasi o'zgargan. Shaharliklar himoyada ham ancha yaxshi ko'rinmoqda. Asosiy o'zgarish va kuchayish – Erling Holanddir. Aynan u bu jamoalar o'rtasidagi farqni yuzaga keltirishi mumkin. Holand misolida Siti to'xtatib bo'lmas o'yinchiga ega bo'ldi. Ayniqsa, qarshi hujumlarda Erlingni to'xtatish qiyin, - deydi Runi The Times’dagi kolonkasida.