UEFA Ramosni atayin sariq kartochka olganlikda ayblamoqda

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 12:12
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) "Real" himoyachisi Serxio Ramosga nisbatan intizom ishi ochdi.

Futbolchi "Ayaks"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final ilk uchrashuvida atayin sariq kartochka olganlikda ayblanmoqda. Bahsdan so'ng OAVda Ramos atayin shu ishni qilganini tan olgani e'lon qilingan edi. Keyin himoyachi "tvitter" orqali u kartochka olishga urinmaganini va javob uchrashuvida maydonga tusha olmasligidan afsusda ekanligini aytdi.

UEFA seshanba kuni Ramosga qarshi intizom ishini ochdi. Tashkilot 28 fevral kuni Serxio Ramos ishi bo'yicha yakuniy qarorni e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA