

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Rossiya terma jamoasiga qo'yilgan taqiqlarni olib tashlash haqidagi savolga javob qaytardi.
"Mening shaxsiy fikrimcha, urush tugamaguniga qadar nimanidir o'zgartirish juda qiyin.
Rossiyalik futbolchilar uchun mening jonim achiydi, chunki ularning bu ishlarda aybi yo'q. Biroq, bu ahmoqgarchilik tugamas ekan, mana shunday bosim davom etishi kerak", -deydi Aleksander Cheferin.



