UEFA Yevropa Ligasi finaliga muxlislar kirishiga ruxsat berishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 apr 2021, 01:03
UEFA Gdanskda bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi finaliga tomoshabinlar kiritilishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, futbol mutasaddilari Polsha rasmiylari bilan birgalikda 10 mingga yaqin tomoshabin finalni tomosha qilish uchun kiritilishini muhokama qilmoqda. Bu stadionning to'rtdan biri to'lishini anglatadi.

Ushbu masalaning muhokamasi rejaga muvofiq olib borilmoqda va qaror rasmiy ravishda 30 aprel, juma kuni e'lon qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2020/2021 yilgi mavsumda g'oliblik uchun "Vilyarreal", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Roma" kurashmoqda.

Birinchi yarim final uchrashuvlari 29 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvlari esa 6 may kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail