UEFA Evro-2024 timsolini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023
UEFA 2024 yil Germaniyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Yevropa chempionatining rasmiy timsolini namoyish qildi.

Ayiq bolasi musobaqaning rasmiy siymosiga aylandi.

"Timsol XX asr boshlarida Germaniyada ixtiro qilingani aytilgan mashhur bolalar o'yinchog'iga, ayiqchaga ehtirom ko'rsatadi. Ayiqcha butun Yevropa bo'ylab 10 million bolani faol bo'lishga ilhomlantirishga harakat qiladi. U maktablarda o'zining #MakeMoves (Harakat qil) sayohatini boshlaydi va o'quvchilarni jismoniy faollikka undaydi", – deyiladi UEFA bayonotida.

Shuningdek, keyingi ikki hafta ichida UEFAning "maktablarda futbol" dasturida ishtirok etuvchi bolalar uefa.com sayti o'quvchilari bilan birgalikda ovoz berish yo'li bilan timsol nomini tanlaydilar.

Evro-2024 14 iyundan 14 iyulgacha bo'lib o'tadi. Musobaqa guruh bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com