

Manbaga ko'ra, UEFA YCHL yangi mavsumidan boshlab, yarim final hamda final bahslarini bitta shaharda o'tkazish variantini o'rganmoqda.
Tashkilot g'oyasi bo'yicha bu “Chempionlar haftaligi” deb nomlanadi va uchta o'yin bitta shaharda bo'lib o'tadi. Ushbu haftalik doirasida bir qator tadbirlar, jumladan, koncertlar, futbol afsonalari bilan uchrashuvlar va UEFA Yoshlar Ligasi finalini o'tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, YCHL 2019/20 yilgi mavsumida koronavirus pandemiyasi tufayli chorak finaldan boshlab bahslar markazlashgan tarzda Lissabonda bo'lib o'tgandi.



