UEFA "Beshiktosh" - "Bavariya" uchrashuviga nisbatan ish ochdi
Mirjalol Normatov
15 mar 2018, 19:06
UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Beshiktosh" - "Bavariya" (1:3) uchrashuvidan keyin Turkiya klubiga nisbatan ish ochdi.
Maydon egalari rahbariyati o'yinni tashkillashtirishda kamchiliklarga yo'l qo'ygani, shuningdek, "Beshiktosh" muxlislari stadionga begona predmetlarni otganiligi uchun jazolanadi.