"Uchmas golland" "Suonsi" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Tolibjon Qosimov
6 fev 2014, 12:20
Daily Star nashrining xabariga ko'ra, "Suonsi" klubi bosh murabbiy lavozimiga nomzodlardan biri sifatida "Arsenal" va Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp ko'rilmoqda.
Ayni paytda murabbiy "Ayaks"da Frank de Bur boshchiligidagi murabbiylar shtabida ishlamoqda. O'z-o'zidan Bergkamp yakka tarzda ishlab ko'rish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.