

Ochilish o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. Bugun OFK sayti Turkmaniston U-23 terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi. Unga ko'ra, qo'shnilarimiz 23 emas, 15 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazganlari ma'lum bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Turkmaniston terma jamoasi ushbu yosh toifadagi musobaqada ilk bor qatnashadi. Jamoani ayni paytda o'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lgan Tachmurad Agamurodovning o'g'li Ahmed Agamurodov boshqarmoqda.
Turkmaniston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Botir Gayliev (1), Rustem Ahalliev (16), Rasul Chariev (22).
Himoyachilar: Ixlas Toyjanov (2), Dayanch Meredov (17), Teymur Chariev (14).
Yarim himoyachilar: Velmirat Ballakov (23), Mirza Beknazarov (8), Arzuvguli Sapargulyev (19), Dovran Berdiev (15), Roman Galkin (6).
Hujumchilar: Shamammet Hadyrov (11), Begenchmirat Miradov (9), Rahman Miratberdiev (7), Meylis Diniev (10).
O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi 1 iyun kuni soat 20:00da Toshkentdagi "Paxtakor" Markaziy stadionida boshlanadi. O'yinga kirish bepul.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma'lum
Qatar olimpiya terma jamoasining U-23 Osiyo Kubogi uchun qaydnomasi ma'lum



